Fakultet yangiliklari
Galdagi ochiq dars
“Elektrotexnik materiallari” fanidan dotsent v.b. R.F.Yunusovning “Klassifikatsiya i osnovnыye svoystva provodnikovыx materialov” mavzusidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” taʼlim yoʻnalishi 2 - kurs 203 - guruh talabalariga rus tilida ochiq dars oʻtkazildi.
24.12.2018
“Energetiklar kuni” ga bagʻishlandi
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar boʻlimi inspektori Yuldash Yusupbekov va “Oʻzbekenego” AJ ga qarashli Markaziy magistral elektr tarmoqlari korxonasi liniya xizmatlari boshligʻi Alisher Asanovlarning “Energetiklar kuni” munosabati bilan “Oʻzbekistonda energetikaning rivojlanishi” mavzusidagi muammoli maʼruzasi QSXET fakulteti professor-oʻqituvchilari va QXEA taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 201-202-202 (a) - guruh talabalari ishtirokida V - bino, 6-Zal, soat 11:30da boʻlib oʻtdi.
24.12.2018
Dissertatsiya kafedra muhokamasida
“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi 3 - bosqich doktoranti t.f.n. Pirimov Odil Joʻrayevich 2018 yil 28 dekabr kuni oʻzining “Urugʻlik chigitni ekologik sof zararsizlantirish uchun elektr texnologiya va texnik vositalarni yaratishning ilmiy – texnik asoslari” mavzusidagi 05.05.07 – “Qishloq xoʻjaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini kafedra muhokamasidan oʻtkazdi.
04.01.2019
Xorijiy matbuotda nashr ishlari
“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tashabbusi bilan 2019 yil 4-5 yanvar kunlari 6 - maʼruzalar zalida Krakov texnologiya universiteti tadqiqotchisi t.f.d. Tursunov Obidjon Boboqulovichning “MASTER CLASS in Scientific Writing & Publishing (Web of Science and Scopus Indexed Journals) - International Experience” mavzusidagi seminari tashkil etildi.
10.01.2019
“Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlandi
18 yanvar kuni institutimizda Vatanimiz osmonining musaffoligiga sabab boʻluvchi yurt posbonlarining kasbiy bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
19.01.2019
Navbatdagi seminar-trening
25 - yanvar kuni 8-maʼruzalar zalida “QSXEA” fakultetining 3-kurs talabalari hamda kafedra magistrantlari ishtirokida Krakov texnologiya universiteti tadqiqotchisi va kafedra professori t.f.d. Tursunov Obidjon Boboqulovichning “BIO-ENERGY” mavzusidagi seminar-trenningi tashkil etildi.
28.01.2019
LABORATORIYA – AMALIYOT O‘CHOG‘I
Joriy yilning 5 - fevralida institutning “V” o’quv binosida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” o’quv ilmiy labоratoriyasining ochilishi bilan bog’liq tadbir Yevropa Ittifoqining «O'zbekiston qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi 2014-2020 yillarga mo'ljallangan Yevropa Ittifoqining ko'p yillik Indikator dasturi doirasida o'tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. B
07.02.2019
Treningning ta’sirchan manbai
Joriy yilning 5 fevral kuni 2 - TTJ ma'naviyat xonasida tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalar bilan "Mavjud bo'lmagan hayvon", "Mening tamg'am" metodikalarini o'tkazdilar.
07.02.2019
IMKONIYATLAR UMMONI
2019 yil 15 fevral kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani prof. A.Isaqov tashabbusi bilan 2 va 3-kurs talabalari o‘rtasida “Yoshlar ittifoqi – imkoniyatlar ummoni” mavzusida katta davra suhbati o‘tkazildi.
18.02.2019
Begʻubor bahorning birinchi kunida
1 - mart Oʻzbek xalqining sevimli adibasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan institutimiz talaba qizlari va fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdilar. U yerda Shoira Zulfiyaxonimni eslab, Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoʻyishdilar.
02.03.2019
Muammoli maʼruza
2019 yil 1 mart kuni TIQXMMI 7-maruzalar zalida, QSXET, GIM va QXM fakultetlari 4 kurs talabalari ishtirokida “ARTEL kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, texnologiyalari, mutaxassislariga talablar” mavzusida maʼruza oʻtkazildi.
06.03.2019
Taʼlimga baxshida umr
“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi dotsenti Toshpoʻlatov Nusratillo Telmanovich 3 mart kuni oʻzlarining muborak 60 yoshini qarshiladilar.
06.03.2019
"Elektr yoritish va nurlatish” fanidan olimpiada
26 mart kuni soat 15.00 da V-606 xonada “Elektr yoritish va nurlatish” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1- turi boʻlib oʻtdi.
28.03.2019
Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tashrifi
018-2019 oʻquv yili boʻyicha Qibray tumani Energetika kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oliy taʼlimda oʻquv faoliyatini davom ettirishga jalb etish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida, 2019-yil 26-mart kuni kollej bitiruvchilarining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi tashkil etildi.
02.04.2019
Olimpiadaning ilk bosqichida
25 va 28 mart kunlari “Suv xoʻjaligi elektr taʼminoti”, “Elektrotexnika materiallari” va “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanlaridan olimpiada oʻtkazildi.
03.04.2019
Dolzarb mavzudagi ochiq dars
QSXET fakulteti “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasining assistenti A.T.Sanbetovaning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ” fanidan “Shamol elektr qurilmalarining turlari bilan tanishish. Shamol oqimidan energiya olish” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
03.04.2019
Amaliy seminar
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Abduraxman Radjabov tomonidan “texnika bo‘yicha fan doktori – DSc va falsafa doktori –PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qo‘yilgan talablar” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
08.04.2019
Jonkuyar ustoz
"Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari" kafedrasi katta o‘qituvchisi Batirova Lolitta Anvarovna 7 aprel kuni o‘zlarining muborak 60 yoshini qarshiladilar.
11.04.2019
Qoidani bilish foydali
16 aprel kuni 2-Talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbusi bilan "Yo'l - qoidasi, umr - foydasi" mavzusida talabalar bilan davra suhbati uyushtirildi.
17.04.2019