LABORATORIYA – AMALIYOT O‘CHOG‘I

Joriy yilning 5 - fevralida institutning “V” o’quv binosida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” o’quv ilmiy labоratoriyasining ochilishi bilan bog’liq tadbir Yevropa Ittifoqining «O'zbekiston qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi 2014-2020 yillarga mo'ljallangan Yevropa Ittifoqining ko'p yillik Indikator dasturi doirasida o'tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Bundan ko’zlangan maqsad o'zgaruvchan iqlim sharoitida O'zbekiston qishloq xo'jaligida barqaror inklyuziv o'sishni rag'batlantirish, milliy havza va fermerlar darajasida suv ta'minoti va suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishdir. Dastur uchun ajratilagan umumiy byudjet miqdori 12 000 000 yevroni tashkil etadi.

2016 - yil 20 - dekabrda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) o'rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolangandi. O'zaro hamkorlik memorandumi "O'zbekiston qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish" loyihasini amalga oshirish uchun uchta asosiy tamoyildan iborat.

1. Ta'lim salohiyatini rivojlantirish.2. Texnologik imkoniyatlarni rivojlantirish. 3. Ilmiy salohiyatni rivojlantirish.

Memorandumda bayon etilgan ko'rsatmalarga muvofiq, Germaniyaning Festo Didaktik korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy laboratoriya jihozlari olib kelindi va trening jarayoni o’tkazilmoqda. Ta'kidlab o’tish joizki, bugungi laboratoriyalar (GIZ tufayli) eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, laboratoriya va fan bazasini xalqaro ta'lim standartlariga javob beradigan yangi, innovatsion darajaga olib keladi. Ushbu o'zgarish muassasa va tashkilotning rivojlanishiga katta turtki beradi.

Raqamli texnologiyalar, dasturiy ta'minot va apparat yechimlari funktsional printsiplari bilan bog'liq bo'lgan suv tizimini, suvdan foydalanishni va suv bilan ta'minlashni monitoring qilish va boshqarish bo'yicha so'nggi texnik uskunalari bilan avtomatlashtirish sohasida kadrlarni mukammal tayyorlash bilan bog'liq masalalar uning amaliy ahamiyatini ifoda etadi.

2017-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligi "Qishloqdagi suv resurslarini barqaror boshqarish" YI dasturining asosiy hamkori va benefitsiariysi hisoblanadi. Shu bilan birga, Suv xo'jaligi vazirligi “SXV” TIQXMMI kadrlarining asosiy “iste’molchisi” hisoblanadi va shu sababli, "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" (suv xo'jaligida) mutaxassisligi bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga ehtiyoj katta.

Suv resurslarini boshqarishga tizimli yondashuv uch asosiy o'zaro bog'liq omil bilan tavsiflanadi.

-Texnologik jarayonlar

- inshootlar va qurilmalar

-avtomatlashtirish va boshqaruv.

Bugungi kunda laboratoriya O'zbekistonda sug'orish kanallari, gidroelektr stantsiyalari va nasos stansiyalari uchun yangi texnologiya yechimining xususiyatlariga to'liq javob beradi.

Ushbu laboratoriyalarning bir qismi sifatida avtomatlashtirishning asosiy elementlari va qurilmalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining so'nggi dasturiy va apparat vositalariga asoslangan kompyuter boshqaruvini modellashtirish uchun mo’ljallangan raqamli texnika unsurlarini ko’rsatish mumkin.

Jumladan:

- raqamli texnologiyalarning asosiy elementlari;

- teskari aloqali avtomatik boshqarish tizimi uchun moslama;

- avtomatik suv ta'minoti stansiyasi;

- Avtomatik suv tozalash stansiyasi;

- Elektr, elektron tizimni avtomatlashtirish vositalari;

- Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining ijro mexanizmi;

Oqim sensori, daraja, bosim, interfeys, transduser va boshqa avtomatlashtirish tizizmida qo’llaniluvchi unsurlar.

Shubhasiz, yuqorida keltirilganlarning hammasi suv xo'jaligi kompleksi uchun kadrlar tayyorlashda yangi sifat pog'onasi bo’lib xizmat qiladi.

   

Tadbirda Germaniyaning O’zbekistondagi elchisi janob Gyunter Leo Overfeld, O’zbekistondagi YI delegatsiyasining rahbari janob Eduards Stiprays, YI ning O’zbekistondagi  tezkor bo’limi rahbari janob Fransua Beju, O’zbekistondagi GIZ dasturining direktori doktor Karolina Milov, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vaziri Inomjon Majidov, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Innovatsion rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig’i O. To’ychiyev, TATU huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnoloigiyalari ilmiy innovatsion markazi”ning bosh ilmiy xodimi, t.f.d. professor M.A. Ismoilov, “Uzenergo” bosh ilmiy xodimi t.f.d. professor G’ayrat Ishanxodjayev, Baxtiyor Tursunov, TDTU “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri t.f.d. professor A.N.Yusupbekovlar ishtirok etishdi.

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri t.f.n. professor R.T. Gaziyeva axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov