Hamkorlik rishtalari

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining №3117-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan `Qishloq xojaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi`da Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi grant dasturi asosida Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari CAMTIC (Mechatronics Advanced Technology Institute for Commerzalitation), KIAT (Korea Institute for Advancement of Technology), Jeonbuk Techno Park (JBTP) va Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi (Ministiry of Trade, Industry and Energy) bilan hamkorlik asosida doimiy ravishda tashkil etilib kelayotgan oquv kurslarining navbatdagi bosqichi otkazildi.

Mazkur kurslar 2 hafta davom etib maruza va amaliy mashgulotlarni Koreyadan tashrif buyurgan professor oqituvchilar olib borishdi. Birinchi haftadagi «CNC Machining»  boyicha maruza va amaliy mashgulotlarni  professorlar  Dongwan Oh va Jungho Lee olib borishgan bolsa «Electrical, hydraulic and pneumatic system» boyicha mashgulotlarni esa elektrik, pnevmatik va gidravlik uskunalar ishlab chiqarish boyicha dunyoda mashhur Germaniyaning «Festo» kompaniyasi mutaxassislari Jaewon Choi va Taeyun Kimlar olib borishdi.

Quvonarli tomoni shundaki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining doktoranti Axmedov Sherzodbek va bir guruh talabalari QXM fakultetining 304-guruh talabasi Roziboyev Sobir va ushbu fakultetning sirtqi bolimi 1-bosqich talabasi Ishmatov Oktam, QSXET fakulteti 301-guruh talabasi Mansurov Zuhriddin va GIM fakulteti 302-kurs talabalari Osarov Shohjahon, Jurayeva Nabira, Habibullayeva Tamannolar ham ushbu kurslarda faol qatnashishdi.

Ular ozlarining bilimlarii, xorijiy tillarda bemalol sozlasha olishlari bilan xorijlik mutaxassislarning ham etiroflariga sazovor bolishdi hamda ularga talim berayotgan ustozlariga, institut rahbariyatiga minnatdorchilik ramzi sifatida institut nomiga ham sertifikat taqdim etildi. Institut talabalarini, qiziquvchilarni kurslarga jalb etgan inson esa TIQXMMI doktoranti Axmedov Sherzodbek bo‘lib, mas'ul "Qishloq xojalik mashinasozligi konstruktorlik markazi"ning direktor orinbosari Ibodullayeva Lobarxondir.

Hamkorlik rishtalari mustahkam bo‘lishi taraqqiyotimizga o‘zining ijobiy ta'sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

 

       Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov