Zangiota ziyoratgohiga tashrif
Ichki turizmni rivojlantirish, poytaxt hududida joylashgan muqaddas qadamjolar va ularning tarixi bilan tanishtirish maqsadida amalga oshirilgan “Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohi”ga tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Ziyoratgoh yetuk odob-axloq sohibi, tabib, so’fiy va avliyo Zangi otaga atab ular yashab o’tgan qishloq va dafn etilgan joyda qad rostlagan. Ziyoratgoh tarkibida madrasa, masjid va maqbarada ko’zi ojizlar yotoqxonasi va ustaxonalar faoliyat ko’rsatgan. Bugungi kunda bu joy qayta rekonstruksiya ishlaridan so’ng juda bahavo va go’zal maskan sifatida ziyoratchilar bilan yanada obodlashib bormoqda.
Ko’kalamzorlashtirilgan yashil maydonlar, hovuzlarda ko’zni quvnatib suzib yurgan rango-rang baliqlar kishi kayfiyatini yanada ko’tardi va barcha tashrifdan mamnun bo’ldi.