To'garaklar

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida “Yosh energetiklar” to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakga Magistratura talabalaridan 4 nafar, bakalavriyat talabalaridan 12 nafar talababalar a’zo bo‘lganlar. To‘garak ishtirokchilari elektr xavfsizlik qoyidalari, elektr ta’minot tizimida qo‘llaniladigan elektr qurilma va jixozlaridan foydalanish va ta’mirlash, elektromontaj texnologiyasi, stansiya va podstansiyalarda yoritish qurilmalarini tanlash va montaji, elektr hisoblagichlarni tarmoqqa ulash va hisoblash, guruhli shitlarni yig‘ish kabi mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.Kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilari to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar grafigiga asosan to‘garak a’zolari haftaning payshanba va shanba kunlari soat 10-00 dan 12-00 gacha V bino 701, 702 va 611 xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. To‘garak mas’ul rahbari kafedra dotsent Xushiyev Sirojiddin Meylievich  tel: +998(99) 811-42-53.