“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ular qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoylik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha 2018 yil 12 oktyabrda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talaba-yoshlar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
TIQXMMI harbiy kafedra boshlig‘i podpolkovnik R.Z.Minlishev, harbiy kafedra boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik V.I.Tagaev, harbiy kafedra etakchi o‘qituvchilari zahiradagi podpolkovniklar X.I.Ergashev va M.T. Umirov hamda “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani o'rinbosarlari Sh.Berdiyev va J.Raximovlar ishtirok etdilar.