Zavqli taassurot
Zavqli taassurot
Toshkent “Maʼrifat markazi” meʼmoriy majmuasida mamlakatdagi eng katta qo‘lyozma va bosma nashrlar saqlanadigan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi joylashgan. Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida <<“Foydali kun” Nur@liyeva bilan>> loyihasi bugun aynan ana shu ziyo maskanida start oldi. “5+1” kuni rejasiga binoan bo’lib o’tgan bu galgi tadbir ham talabalarimizga juda katta zavq bag’ishladi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti “Qishloq xo’jaligi va energiya ta’minoti” fakulteti tyutori Nuraliyeva Z. boshchiligidagi faol yoshlar jamoasi bugun kutubxonaga tashrif buyurib, a’zolik biletlarini olishdi. Kutubxona tarixi, faoliyati va fondidagi adabiyotlar ro’yxati va kutubxonada yo’lga qo’yilgan xizmatlar bilan jonli ravishda tanishishdi. Yoshlar ulkan taasssurotlar og’ushida kutubxona bo’ylab sayohatni yakunlashdi.
Ma’lumot uchun:Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zining hozirgi nomini 2020 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan ikkita yirik Jamg‘arma – “Respublika ilmiy-texnik kutubxonasi” va “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi” birlashtirilgandan so‘ng oldi. Bugun juda ko’p kitobxonlarning sevimli maskaniga aylanishga ulgurgan.
QSXET fakulteti tyutori Nuraliyeva Z.