Benazir ayol, buyuk ona Zulfiyaxonim!
Benazir ayol, buyuk ona Zulfiyaxonim!
Universitetimizda O‘zbek sheʼriyatining diltortar satrlari bilan yuraklardan joy olgan shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi shoira Zulfiyani bilmaydigan, uning biror sheʼrini tinglamagan adabiyotsevarlar bo‘lmasa kerak. Man bugun 28-fevral kuni “Qishloq va suv xo’jaligi ta’minoti” fakultetitining tyutori Nuraliyeva Zilolaxon o’ziga biriktirilgan guruhlarida Sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim haqida to’xtalib o’tdilar. Sevimli shoiramiz o‘z sheʼrlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda. Benazir ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilova haqida talabalarga ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan fikrlar tinglandi. Zero, shoira adabiyot olamida o'z ijodining beqiyosligi bilan nom qozonganligi sir emas Shoira xotirasiga bag'ishlab "ZULFIYA" nomidagi Davlat stipendiyasining ta'sis etilishi ham vafo va sadoqat timsoli sifatida e'zozlanadigan ijodkorimizga chin hurmat ramzidir.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
QSXET fakulteti tyutori
Nuraliyeva Zilola.