UNIVERSITETIMIZ MEHMONI---OTA-ONALAR
2022-yilning 9-aprel sanasi nafaqat “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti tarixi sahifasida, balki “QSXET” fakulteti tarixida ham unutilmas kunlardan biri sifatida muhrlanib qoldi.Ota-onalarni bag’riga chorlagan Universitet hovlisi mehmonlar bilan yanada fayzli bo’ldi. Fakultetimizning 509-xonasida yig’ilishni boshlagan ota-onalarimiz safi toki “Madaniyat saroyi”ga kirgungacha ham kengayib bordi-ki, albatta, biz ham farzandi o’qishi, taqdiriga befarq bo’lmagan jonkuyar insonlar tashrifidan shodlandik.
Jami biriktitrilgan 148 nafar talabalarimning uzoq-yaqindan kelgan ota-onasi, qarindoshlari bilan yaqindan tanishuvimga, fikr-mulohazalar almashinuvimga qulay imkoniyat bo’ldi bu tadbir. Fakultetimiz dekani A.Isakov barcha mehmonlarni Universitetimizdagi mavjud shart-sharoitlar: o’quv xonalari, laboratoriyalar, sport majmuasi, oshxona, talabalar turar joyi bilan tanishtirib chiqdilar. Abdulla Oripov bog’i, Abdulla Oripov muzeyini ko’rib ayrim mehmonlar O’zbekiston shoiriga bo’lgan hurmat, ehtiromdan juda xursand ekanliklarini alohida qayd etishdi.
Fakultet dekani, tyutorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berib, Universitet bo'ylab sayohatni birgalikda davom ettirdilar.
"QSXET fakulteti tyutori Nuraliyeva Z.