Ijaradagi talabalar uyiga tashrif
Tashrif chog’ida 203-guruh talabasi Davlatmirzo Normatov va 104A-guruh talabasi Farhodjonov Otabek ijara shartnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng har oyda uzluksiz ravishda ijara umumiy summasining 50% miqdordagi qismi to’lab berilayotganligidan mamnunligini izhor etishdi.
Bizga ma’lumki, “ Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq juda ko’pchilik talabalarimiz bu imkoniyatdan foydalanayotganidan xursandmiz, albatta.
Biz tyutorlar jamoasi ham o’z kasbiy vazifamizni sidqidildan ado etish yo’lida faoliyat olib borishga tayyormiz.
“QSXET” fakulteti tyutori Nuraliyeva Z.A.