Kafedra 7 ta tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlik oʼrnatgan shundan 4 tasi kafedraning filialini tashkil etish toʼgʼrisida.
1. Quyosh energiyasi xalqaro instituti bilan kafedraning filialini tashkil etish toʼgʼrisida hamkorlik shartnomasi tuzilgan (№29-15-06, 22.02.2019 y.), bu innovatsion guruxga kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari hamda 7 nafar tashkilotning xodimlari aʼzo boʼlgan.
2. OʼzR FА “Energetika muammolari” instituti bilan kafedraning filialini tashkil etish toʼgʼrisida hamkorlik shartnomasi tuzilgan (№43-07-09, 07.09.2021 y.), bu innovatsion guruhga kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari hamda 6 nafar tashkilotning xodimlari aʼzo boʼlgan.
3. Markaziy magistral elektr tarmoqlari korxonasi bilan kafedraning filialini tashkil etish toʼgʼrisida hamkorlik shartnomasi tuzilgan (№29-15-04, 15.02.2019 y.), bu innovatsion guruhga kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari hamda 4 nafar tashkilotning xodimlari aʼzo boʼlgan.
4. “Uzkabel” qoʼshma korxonasi bilan “Elektr energetika” (suv xoʼjaligida) bakalavriatura yoʼnalishi talabalari va “Elektr taʼminoti” (suv xoʼjaligida) magistratura mutaxassisligi magistrantlari oʼquv, ishlab chiqarish, bitiruv malakaviy ishi oldi va korxona zaruriyati asosida ishga joylashtirish yuzasidan shartnoma tuzilgan (№29-15-01, 24.12.2018 y.).
5. Suv xoʼjaligi vazirligi bilan “Elektr energetika” (suv xoʼjaligida) bakalavr yoʼnalishi talabalari va “Elektr taʼminoti” (suv xoʼjaligida) magistratura mutaxassisligi magistrantlari oʼquv, ishlab chiqarish, bitiruv malakaviy ishi oldi va korxona zaruriyati asosida ishga joylashtirish yuzasidan shartnoma tuzilgan (№29-15-02, 22.12.2018 y.).
6. “ProCab” qoʼshma korxonasi bilan “Elektr energetika” (suv xoʼjaligida) bakalavriatura yoʼnalishi talabalari va “Elektr taʼminoti” (suv xoʼjaligida) magistratura mutaxassisligi magistrantlari oʼquv, ishlab chiqarish, bitiruv malakaviy ishi oldi va korxona zaruriyati asosida ishga joylashtirish yuzasidan shartnoma tuzilgan (№29-15-03, 29.12.2018 y.).
7. “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bilan “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi oʼrtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan (№29-15-10, 15.03.2019 y.), bu innovatsion guruhga kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari hamda 2 nafar tashkilotning xodimlari aʼzo boʼlgan.