Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.
Ana shu bois yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta tashabbus yuzasidan 2019 yil 27 iyun kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, professor-o‘qituvchilari, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasining o‘qituvchilari va “Darxon” mahallasining faxriylari va yoshlari bilan o‘zaro hamkorlikda shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ushbu musobaqada fakultetning professor-o‘qituvchilari va Darxon mahallasining faxriy va yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan sport musobaqasi qiziqarli va murosasiz bahslarda bo‘lib o‘tdi.