“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5430200-“Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 102a - guruh talabalari “Elektrtexnologiya va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi dotsentlari T.M.Bayzakov va O‘.Xoliqnazarovlar rahbarligida “Mutaxassislikka kirish amaliyoti” davrida Ohangaron, Bo‘zsuv, SHayhontoxur va Burjar GESlarga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida talabalar suvning mexanik energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiruvchi (Mexanik agregat elektrgenerator, boshqarish, nazorat va himoyaviy asbob-uskunalar) qurilmalarning ishlash jarayoni, ularning texnik ko‘rsatgichlari haqida yaqindan tanishdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob topishdi.