Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kefedrasi va AQShning Shimoliy Dokada Shtati Universiteti o’rtasida yaxshi xamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib so’ngi yillardan asosan hamkorlikda malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli ushbu universitet professori Tomos Bon kafedraga tashrif buyurib 2022 yil 24-fevraldan navbatdagi darslarni boshladi. Ma’lumki ilmiy sohada ekperiment o’tkazish, gipoteza, statistik va ilmiy tahlil qilish nihoyatda muhim omillardan hisoblanadi. Professor Tomos Bon “Elektrotexnika va mexatronika” kefedrasining 70810502 - Intellektual oʻlchash tizimlari va asboblari (tarmoqlar boʻyicha) magistrlari, tayanch doktorantlar va yosh olimlariga “Injenerlik eksperimentlari va ekperimental stasistika” fanidan zamonaviy metodlardan foydalangan holda mashg’ulotlar olib bormoqda.
Kirish mashg’ulotida kafedra mudiri Rustam Baratov professor Tomas Bon bilan tinglovchilarni yaqindan tanishtirdi. Professor Tomas Bon o’zining 40 yillik tajribasidan kelib chiqib magistrlar va doktorantlarga kerakli ma’lumotlarni berib bormoqda. Biz o’ylaymizki bu sohada magistrlar yuqori ko’nikmalar hosil qilgan holda bu fanni sitqidildan o’zlashtiradi va kelajakdagi ilmiy ishlarida keng foydalanadi.