Tarixi

Fakultet dekani

Isaqov Abdusaid Jalilovich

Texnika fanlari doktori, professor

Qabul kunlari: Chorshanba, Juma: 10:00-13:00

Tel.: (+99871) 237-19-69

Е-mail: a.isaqov@tiiame.uz


Universitet tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi bosqich sifatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘nalishida kadrlar tayyorlashdan boshlagan. 1978 yilda fakultet tarkibidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish yo‘nalishi alohida fakultet sifatida ajralib chiqqan va uch yildan so‘ng 1981 yilda qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish fakulteti bo‘lib qayta birlashgan. 2004 yil “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” va “Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakultetlari birlashtirilib, “Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” fakulteti tashkil etilgan. 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3003-sonli qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» fakulteti qayta tashkil etilib, uning tarkibiga Toshkent davlat agrar universitetining tegishli kafedralari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kelib qo‘shilgan. 2018 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarori asosida fakultet nomi «Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti» deb nomlangan. 2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti universitetga aylandi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti deb nomlandi. Unga asosan fakultet nomi “Energitika” deb nomlandi.

Ushbu fakultetning rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, professor P.V.Baydyuk, taniqli professorlar S.M.Majidov, M.F.Zaripov, A.Radjabov, M.Ismoilov, X.M.Muratov. Sh.Muzafarov, A.J.Isakov, R.T.Gazieva va A.M.Usmanovlar, dotsentlar M.S.Mushkatin, V.I.Sokolov, I.P.Osika, A.D.Shishkin, M.M.Egamberdieva, M.Ibragimov, T.M.Bayzakov, A.D.Raxmatov va N.T.Toshpulatovlar katta o‘qituvchilar A.M.Pelipenko, E.D.Toshev, YU.A.Getman, S.X.Alievlar katta hissa qo‘shganlar. Turli vaqtlarda fakultetga I.A.Reynike, YU.S.Pershin, N.Z.Zakirov, N.K.Muqumbaev, B.Sh.Fayzullaev, A.Radjabov, M.Ismailov, X.M.Muratov, A.D.Raxmatov, M.E.Mamedshaxov, Sh.E.Begmatov, A.X.Voxidov, B.Shaymardonov, B.S.Mirzaev, A.R.Muratov va O.T.Axmedovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda fakultetga texnika fanlari doktori, professor Abdusaid Jalilovich Isaqov rahbarlik qilmoqda. Fakultetda 1000 ga yaqin bakalavr va 100 ga yaqin magistrlar ta’lim olmoqda. Fakultet O‘zR Fanlar Akademiyasining Energetika muammolari instituti, Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti, Moskva Energetika instituti, Moskva Davlat Agroinjenerlik Universiteti, AQShning Nyu Meksiko shtat universiteti, Kaliforniya shtat universiteti, Chikago universiteti, Texas qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universiteti, Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti, Italiyaning Turin politexnika universitet, Polshaning Krakov texnologiya universiteti, Turkiya davlatining Karabuk universitetilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Fakultet bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, suv ta’minoti nasos stansiyalari, elektr ta’minot tizimlaridagi texnik vositalarning ekspluatatsiyasi, ta’mirlash, montaji, sozlash va servis xizmat ko‘rsatish, elektr energiyasini sotish, sarfini me’yorlash, energiya nazorati soxalarida, texnika va texnologiyalar importi va eksportini amalga oshiradigan injenerlik, texnikalar marketingi, texnika va texnologiyalar importi va eksporti kabi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Fakultet tarkibidagi 4 ta kafedrada 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan, 10 nafar fan doktori, professorlar va 35 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat yuritmoqda. Fakultetda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda kafedralarning etakchi professor-o‘qituvchilari boshchiligida Ustoz-murabbiy tizimi joriy etilgan.