DIGITAL WORLD jamoasi yutuqlari

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O’zkosmos” agentligi hamkorligida o’tkazilgan “Nasa Space Apps Challenge” tanlovida universitetimizning “ENERGETIKA” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasining “DIGITAL WORLD” jamoasi munosib ishtirok etdi. Minnatdorchilik sifatida bu jamoa a’zolariga kafedraning sovg’alari topshirildi. Kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari yoshlarga o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tishdi.