Dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs. 27.06.2017. T.10.01. raqamli ilmiy Kengashda, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti (tadqiqotchi) N.Eshpulatov, professor A. Radjabov rahbarligida 2019 yil 14 dekabr kuni 05.05.07. - Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi bo‘yicha “Meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish elektrotexnologiyasi” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. N. Eshpulatovni texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilganligi munosabati bilan tabriklaymiz va kelajakda fan doktori (DSc) bo‘lishlariga tilakdoshmiz!

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov