Sog‘liqqa garov

«Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti» fakulteti «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» ta’lim yo‘nalishi 2018-2019 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan murabbiylik rejasining «Sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish va jismoniy tarbiya» bo‘limi «Xalqaro salomatlik kuni»ga bag‘ishlangan tadbirni haftalik o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan bandiga binoan guruh murabbiyi Ch.Oxunboboeva boshchiligida «Bodomzor» futbol maydonida 207-guruh talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda 22 nafar talabadan 2 ta jamoa - «Paxtakor» va «O‘zbekiston» jamoalari tuzilib, do‘stlik musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu futbol musobaqasi 4:3 hisobi bilan «O‘zbekiston» jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu o‘yin talabalarda katta ishtiyoq va zavq bilan o‘tkazildi. O‘yinda talabalar inson salomatligini yaxshilashda sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati to‘g‘risida taassurotlar olishdi. Kelgusida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda boshqa turdagi sport musobaqalarini tashkillashtirish ham ko‘zda tutildi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov