Talabalar uchun tashkil etilayotgan trening mashqlar ularning aqlan va ruhan tetikligiga sabab bo’ladi. Intellektual salohiyatini takomillashtiradi.
2 - Talabalar turar joyida 4 - qavat foyesida GTS, QSXEA fakultet talabalari bilan "Ismlar o'yini", "Sovg'a", "Men 10 yildan so’ng ", "Cho'kayotgan kema" psixologik trening o'tkazildi. Treningning maqsadi quyidagilarga qaratilgan.
- Guruh hamma a'zolarini yaqindan tanishuvi;
- Guruhda ishonch va o'zaro qo’llab - quvvatlash muhitini yaratish;
- O'ziga ishonchsizlikni yo'qotish;
- Guruhni ahillik, birdamlikga yo'naltirish;
Psixologik trening talabalarga yoqqani sabab bunday treninlarni muntazam o'tkazib turilishini maqsadga muvofiq deb bilishdi.
2-TTJ tarbiyachi-pedagogi, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov