TYUORLARDAN MASTER-KLASS!

Qizlarimizning bo'lajak ona, oila bekasi sifatida har tomonlama yetuk bo'lishlari tarafdorimiz. Bu borada imkon qadar harakatdamiz ham. Shu ezgu niyat ila tashkil etilgan mahorat darsi ham shu maqsadda tashkil etildi. Asosiy bichilgan kiyimdan ortgan kichik-kichik mato qoldiqlaridan unumli foydalanish mumkinligini amalda ko'rsatishga harakat qildik.

Sochga taqish uchun bejirim,oddiy bezak tayyorladik. Qizlarimiz juda xursand bo'lishdi.